Xusen To‘xtayev Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u hokimning yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi. Ushbu lavozimda 2020-yildan buyon Xurshid Ochilov ishlab kelayotgandi.
Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)