Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Durdona Rahimova 2020-yilda ham Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yil yanvar oyida u yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012-yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan.
Izoh (0)