Jizzax viloyatidagi bog‘chada bolani kaltaklagan tarbiyachi ishdan olindi. Bu haqda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, jtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatidagi bog‘chalardan birida bolaning kaltaklangani haqida xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘rganish olib borgan.
Holat Jizzax shahridagi bog‘chalardan birida kuzatilgan va murojaatdan so‘ng tarbiyachi ishdan olingan. Ayni paytda bolaning ahvoli yaxshi. Tarbiyachining xatti-harakatiga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan baho beriladi.
Izoh (0)