Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu muntazam tekshiruv vaqtida aniqlangan umurtqa churrasi bo‘yicha operatsiya qilinadi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.
Davolanish muddati davomida uning vakolatlari vaqtinchalik adliya vaziri Yariv Levinga o‘tadi. Binyamin Netanyaxuning jarrohlik amaliyoti harbiy vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng 31-mart kuni kechqurunga mo‘ljallangan edi. Operatsiya davomida Netanyaxu to‘liq narkoz ostida bo‘lishi aytilgan.
Isroil bosh vazirida umurtqa churrasi muntazam tekshiruv vaqtida aniqlangan, — deya ta’kidladi Netanyaxuning matbuot kotibi.
2023-yilda ham Isroil bosh vazirida yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandi. Operatsiya o‘tkazishga yurak ritmini kuzatish uchun avval o‘rnatilgan qurilma yurak stimulyatori implantatsiyasi zarurligini bildirganidan keyin qaror qilingan. O‘shanda ham Yariv Levin bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh (0)