Isroil armiyasi 29-mart kuni Livan janubida uyushtirgan havo hujumlarida “Hizbulloh” guruhi qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, guruhning raketa va uchar qurilmalar tarmog‘i boshlig‘i o‘rinbosari Ali Abdel Hasan Naim hujumda halok bo‘lgan. Bu haqda dastlab Times of Israel xabar chiqargan.
Isroil harbiylari vafot etgan qarshilik fronti rasmiysini raketalar sohasida yetakchi va muhim “Hizbulloh” arbobi sifatida taʼriflagan. U Isroil hududiga hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirishda bevosita ishtirok etgani aytilgan.
Maʼlumot o‘rnida, 29-mart kuni bir qancha Livan nashrlari mamlakat janubiga Isroil hujumi sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqatgan. Binolar, avtomobillar va davlat muassasalari vayron qilingani aytilgan.
Izoh (0)