Liviya hukumati 30-mart kuni ocharchilik changalida qolgan G‘azoga gumanitar yordam jo‘natilganini maʼlum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, falastinliklar uchun yuklar gumanitar yordam kemasi orqali olib ketilgan. Yordam avval Misrning Al-Arish portiga yetib boradi, keyin Rafahdan quruqlik orqali G‘azoga kiritiladi.
Kemada 1200 tonnadan ortiq gumanitar yordam olib ketilgani xabar qilingan. Yuklar Liviya g‘arbidagi Misrata portidan yuklangan.
Misrata viloyati rasmiylari va Liviya Qizil yarim oy jamiyati aʼzolari kema bortida bo‘lib, yordam G‘azoga yetguncha hamrohlik qilishlari maʼlum qilingan. Bu tadbir yuklar daxlsizligi uchun amalga oshirilgan.
Liviyada faoliyat yuritayotgan “G‘azoni qutqarish” xalqaro kompaniyasi, Tripoli hamda Misrata, Zliten va Zaviyyadagi fuqarolik jamiyati tashkilotlari yordam yuklarini to‘plashga hissa qo‘shgani aytilgan.
Izoh (0)