Qozog‘istonning Jetisu viloyatida xalqaro yuk va yo‘lovchi tashuvchi aeroport quriladi. Bu haqda viloyat hokimligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
Aeroport “Xorgos – Sharqiy darvoza” erkin iqtisodiy zonasi hududida quriladi. Investor Germaniyaning The Hansa Consortium kompaniyasi bo‘lib, 250 milliard tenge (taxminan 557 million dollardan ziyod) sarmoya kiritishi rejalashtirilgan. Qozog‘iston—Germaniya qo‘shma loyihasi uch bosqichda amalga oshiriladi, 700 ta ish o‘rni yaratiladi.
Aeroportning yuk tashish quvvati 50 ming tonna, yo‘lovchi terminali esa soatiga 500 kishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Loyiha doirasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mehmonxona, savdo va ko‘ngilochar markazni foydalanishga topshirish ham rejalashtirilgan. Bu 2032-yilgacha to‘liq yakunlanadi. Aeroportning o‘zi 2027-yilda ishga tushishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)