Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Alisher Xo‘jayev Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi maʼlum qildi.
Alisher Xo‘jayev 2005-yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlangan edi. 2017-yilning fevralida lavozimidan olinib, o‘rniga Xurshid Mirzohidov O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbar bo‘lgandi.
O‘sha yilning 3-avgustida Xurshid Mirzohidov lavozimidan ozod etilib, Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 30-avgust kuni Alisher Xo‘jayev yana O‘zMTRK rahbariga aylandi.
Ushbu lavozimda bir muddat ishlagach, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosarligiga o‘tdi. 2020-yilning mart oyida Alisher Xo‘jayev yana MTRK raisi etib tayinlandi.
Alisher Xo‘jayev 2024-yilning fevral oyi avvalida MTRK raisi lavozimidan ozod etilgandi.
Izoh (0)