Yoshlar o‘rtasida sportning milliy kurash turi bo‘yicha Jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan Rahima Yo‘ldashevaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan yengil avtomashina sovg‘a qilindi, deb xabar berdi “Asr.uz”.
Shuningdek, 17 yoshli Shirinoy Prezident e’tiboriga tushdi. Unga Shavkat Mirziyoyev Spark avtomobilini sovg‘a qildi. Sovg‘ani Xorazm viloyati hokimi Ilgizar Sobirov topshirdi.
Shirinoy oddiy oila farzandi. Otasi quruvchi, onasi esa uy bekasi. Oiladagi e’tibor tufayli 10 yildan buyon sportning karate turi bilan shug‘ullanib keladi. 2012-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan jahon kubogida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2013-yilda esa Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham mutlaq g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)