Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Uchtepa tumanida joylashgan ikki qavatli savdo do‘konida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 27-mart kuni soat 06:50 da Uchtepa tumani, Kichik halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan 2 qavatli binolarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 06:57 da yetib borib, yong‘in soat 07:20 da o‘rab olingan va soat 07:23 da o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 qavatli binolarning birida taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, — deyiladi xabarda.
Fevral oxirlarida Toshkentda mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqqani va uni o‘chirishga 20 ta ekipaj jalb etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)