Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek tumanlari gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu munosabat bilan, 27-mart kuni 10:00 dan 18:00 gacha ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Chilonzor tumanida:
- “Zarqo‘rg‘on” va “Fidokor” mahallalari;
- “Navbahor” va “Katta Navbahor” mahallalari, S-mavze;
- “Ko‘tarma” mahallasi;
- “Naqqoshlik” mahallasi;
- “Botirma” mahallasi;
- “Lutfiy” mahallasi;
- “1-Qatortol” mahallasi;
- “Nafosat” mahallasi;
- “Diyor” mahallasi;
- “Qatortol” mahallasi;
- “Cho‘pon ota” mahallasi;
- “Bog‘zor” mahallasi;
- “Oqtepa” mahallasi;
- Ulgurji iste’molchilar — 68 ta.
Uchtepa tumanida:
- “Tepa Qo‘rg‘on” mahallasi;
- “Qo‘rg‘on tepa” mahallasi;
- “Ko‘hna Cho‘ponota” mahallasi;
- “Bog‘obod” mahallasi;
- “Bog‘iston” mahallasi
- “Birlik” mahallasi;
- “Nayman” mahallasi;
- “Guzar” mahallasi;
- Uchtepa tuman 11-12-13-14-15-26-mavzelar;
- Ulgurji iste’molchilar —76 ta.
Mirzo Ulug‘bek tumanida:
- Ne’mat berk ko‘chasidagi 74 ta yerli xonadonlar;
- Ulgurji iste’molchilar — 3 ta.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Izoh (0)