Daryo

Toshkentda mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqdi. Uni o‘chirishga 20 ta ekipaj jalb etildi (video)

Hodisa joyidan besh nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi

1 daqiqa o‘qish19 952 ko‘rishlar0 izoh0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar Chilonzor tumani, “Bekto‘pi” MFY Diydor ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi maʼlumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 27-fevral kuni soat 00:13 da “Bekto‘pi” MFY Diydor ko‘chasida joylashgan, angar sifatida foydalanib kelayotgan mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

“Yong‘inga soat 00:17 da yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in 01:29 da o‘rab olingan va soat 05:52 da to‘liq bartaraf etildi”, — deyiladi xabarda.

Yong‘inni bartaraf etishga 18 ta asosiy, 2 ta maxsus yong‘in-qutqaruv ekipaji va beshta suv tashuvchi yordamchi avtomobillar jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida 5 nafar ishchi yong‘indan qutqarilib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va o‘rinbosarlari, IIB, prokuratura, “Hududgaztaʼminot” va SSB, tuman FVB rahbar va xodimlari chiqqan

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda rekonstruksiya bo‘layotgan “Poytaxt” biznes markazida 9-fevral kuni yong‘in yuz bergandi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar