Texnik jihatdan tartibga solish agentligi nazorat inspeksiyasi tomonidan Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasiga (AGTKSH) muvofiqlik sertifikatisiz mahsulot uchun jarima qo‘llanildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bunga Jizzax viloyati nazorat inspeksiyasi tomonidan “X.B.I” MCHJ da o‘tkazilgan tekshirishda avtomobillarga gaz tarqatish kompressor shoxobchasi tomonidan muvofiqlik sertifikatisiz ichki yonuv dvigatellari uchun siqilgan tabiiy gaz mahsuloti realizatsiya qilish holatlari aniqlangani sabab bo‘lgan.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikka muvofiq, jamiyatga 41 mln so‘m miqdorda moliyaviy jarima rasmiylashtirilgan.
Izoh (0)