O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatarning Education Above All jamg‘armasi bosh ijrochi direktori Fahad Al-Sulaytiy bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida taʼlim sohasida keng ko‘lamli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
Tomonlar O‘zbekistonning tegishli tashkilotlari va Education Above All jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlarini imzolash muhimligini taʼkidlagan.
Muzokaralar yakunida O‘zbekistonda “yashil” taʼlim, iqlim o‘zgarishi, inklyuziv taʼlim kabi ijtimoiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olingan.
Izoh (0)