O‘zbekistonda 185 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilayotgani maʼlum qilindi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov xabar berdi. 2024-yil yanvar-fevral oylarida 1,7 million tonna sement, 3,8 million kv metr qurilish oynasi, 4,1 million kv metr keramik plitka, 8,2 million kv.metr gipsokarton, 452 ming o‘ram oboy kabilar ishlab chiqarildi.
O‘tgan hisobot davrida yangi turdagi, energiya tejamkor qurilish materiallaridan 86 ming metr kub gazobeton, 504 ming kv.metr linoleum, 6,7 ming tonna issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarildi.
2023-yilda dastlabki “Made in Uzbekistan” savdo uyi Ozarbayjon davlati poytaxti Boku shahrida ochildi. Joriy yilda esa Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham ana shunday savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Izoh (0)