Braziliyada so‘nggi bir necha kun ichida kuchli yog‘ingarchilik ortidan yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Braziliyaning Espirito-Santu shtatida qurbonlar soni 19 kishiga yetgan. Rio-de-Janeyroda ham 8 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Mamlakatning daryobo‘yi hududlarida kamida olti kishi bedarak yo‘qolgan. Espirito-Santo hududida 7000 dan ortiq fuqaro uy-joylarini tashlab ketgan.
Braziliya prezidenti Lula da Silva jabrlanganlarga hamdardlik bildirgan va hukumat mahalliy hamda shtat hokimiyatlari bilan birgalikda toshqindan zararlanganlarni himoya qilish, toshqin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ish olib borayotganini aytgan.
Izoh (0)