Braziliya shimoli-g‘arbidagi Akre shtatida kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 11 ming kishini shoshilinch evakuatsiya qilindi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Shtatning ayrim shaharlarida favqulodda holat eʼlon qilingan. Shiddatli yomg‘ir va suv toshqini 17 ta shaharchaga shikast yetkazgani xabar qilingan. fuqarolik mudofaa guruhlari bu hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borayotganini qayd etdi.
Maʼlumotlarga qaraganda, shtat rahbariyati poytaxtga xabar yo‘llab, yordam so‘ragan. Evakuatsiya qilingan soni yana oshishi ehtimoli istisno qilinmagan.
Izoh (0)