Samarqand va Farg‘onadan Istanbulga uchgan samolyotlar Anqaraga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 25-mart kuni Samarqand—Istanbul va Farg‘ona—Istanbul yo‘nalishlarida parvoz qilgan samolyotlar noqulay ob-havo shartlari sabab Anqaraning Esenboğa aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Hozirda O‘zbekistom havo yo‘llarining Turkiyadagi vakolatxonasi tomonidan yo‘lovchilarni Istanbulga keltirish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.
Izoh (0)