Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida Nexia-2 yo‘l bermasligi oqibatida Labo ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, holat 25-mart kuni soat 13:40 lar atrofida Oltinko‘l tumani, S.Zunnunova ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1993-yilda tug‘ilgan M.O Nexia-2 ni boshqarib kelayotgan vaqtda, tartibga solingan chorrahadan chapga qayrilib olish uchun chorrahaga kirib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Labo’ni o‘tkazib yubormasdan, uning yo‘liga chiqib yuborgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida transport vositalari texnik shikastlangan. Haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar shifoxonasiga yuborilgan.
Izoh (0)