Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 22,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 597,07 so‘m bo‘ldi. Yevro 2,53 so‘mga tushib, 13 627,51 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,38 so‘mga oshib, 136,96 so‘mni tashkil etdi.
Dollar rasmiy kursi bundan avval ketma-ket ikki kun ko‘tarilib 12 575 so‘m bo‘lgandi. Yevro ham oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)