Toshkent viloyatida ayrim yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Bo‘ka tumani “Bo‘ston” massividagi Innovation Ceramic Group MCHJ hamda “Parkent” massividagi “Ergash Shuxrat Impeks” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan yer ijara shartnomasi sudning tegishli qaroriga ko‘ra bekor qilindi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi. Shuningdek, qarorda, mazkur yer maydonlari davlat mulki sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi va yerdan samarali foydalanish choralari ko‘rilishi belgilangan.
Izoh (0)