Braziliyada ayol 56 yil davomida o‘lik chaqaloqni qornida olib yurgani aniqlandi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Daniela Almeyda Vera ismli 81 yoshli braziliyalik ayol oshqozon og‘rig‘i shikoyati bilan shifokorga borgan. Shifokorlar ko‘rikdan oldin ayolda saraton borligini gumon qilgan. Tekshiruv davomida bemorning qorin bo‘shlig‘ida “tosh chaqaloq” aniqlangan. Bu litopedion deb ataladigan noyob tabiiy fenomen hisoblanadi.
Homila ektopik homiladorlikdan (bachadondan tashqari homiladorlik) keyin vafot etgan, o‘shanda ayol shifokorlarga bormagan. Homila o‘limidan keyin to‘qimalarda tuzlarning, asosan, kaltsiyning cho‘kishi boshlangan.
“Tosh bola”ni jarrohlar olib tashlashga majbur bo‘lgan, ayol kam uchraydigan operatsiyani boshdan kechirgan va ertasi kuni reanimatsiyada vafot etgan. Marhumaning yetti nafar farzandi bo‘lgan.
Izoh (0)