Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli 19-mart kuni Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berish taqiqlanishini maʼlum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Kanada parlamentida dushanba kuni yuzaga kelgan munozaralardan so‘ng qonunchilar qurol savdosini to‘xtatish to‘g‘risidagi taklifni yoqlab ovoz berishlarini maʼlum qilishgan. Hukumat rasmiylari mamlakatning G‘azodagi operatsiyani texnik jihatdan taʼminlashi uchun zarurat va asos yo‘q degan xulosaga kelishgan.
“Bu haqiqatan ham sodir bo‘lmoqda. Dastlabki taklif qurol sotishni to‘xtatib turish haqida edi, ammo bu endilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqqa o‘zgartirilmoqda”, — degan Kanada tashqi ishlar vaziri Melani Joli.
Manbaga ko‘ra, taklifga Kanadaning xalqaro hamkorlari bilan birgalikda Falastin davlatini barpo etishni qo‘llab-quvvatlashga chaqiruvchi band ham kiritilgan. Falastin suverenitetini tan olish borasida esa hali hech qanday fikr bildirilmagan.
Qaror loyihasi ovoz berishda qabul qilingandan so‘ng kuchga kiradi. Mamlakat mudofaa vazirligi qaror qabul qilinishi uchun deputatlar ovozi emas, balki tashqi ishlar vazirining xohish-irodasi ko‘proq rol o‘ynashi kerakligini maʼlum qilgan.
Izoh (0)