14-mart kuni Italiya mudofaa vaziri Gido Krosetto Rim Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatganini maʼlum qildi. Bu haqda Italiya manbalariga asoslanib, "TASS" nashri xabar berdi.
“7-oktyabr voqealaridan keyin Isroilga qurol o‘tkazish bo‘yicha yangi ruxsatnomalar berilmadi, oqibatda yetkazib berish to‘xtab qoldi. Oktyabr oyidan beri Tel-Aviv bilan qurol-yarog‘ almashinuvi amalga oshirilmadi”, — deyiladi Italiya rasmiysi bayonotida.
Xabarda aytilishicha, Italiya urushni moliyalashtirishni istamaydi. Shu sababdan ham urush boshlangandan beri qurol jo‘natish bo‘yicha barcha so‘rovlar rad etilgan.
Italiya hukumati harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlarga nisbatan bir xil pozitsiyada turish maqsadida qatʼiyatini maʼlum qilgan. Isroilga nisbatan qo‘llangan ssenariy Ukraina uchun ham ishlashi aytilgan.
Izoh (0)