Milliy gvardiya xodimlari tomonidan Toshkent shahri hududida noqonuniy ravishda harbiy dala kiyimida yurgan soxta xodim qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, 17-mart kuni soat 13:05 larda Toshkentning “Eski Juva” bozori hududida xizmat vazifasini o‘tayotgan Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu bozorda Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan notanish shaxs qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari davomida, o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb yurgan ushbu shaxs, aslida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. ekani, shuningdek Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.
Fuqaro Shayxontohur tumani IIB masʼul xodimlariga topshirilib, soxta guvohnoma va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabrda Namangan viloyatining Davlatobod tumanida soxta DXX xodimi ushlangandi. U mahalliy fuqaroning tanishiga nisbatan tayinlangan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini boshqa yengilroq jazo turiga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.
Izoh (0)