Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 18 yoshli ikki nafar qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar qilingan edi. Viloyat IIBning “Daryo”ga xabar berishicha, qizlar hamon qidirilmoqda.
Qo‘shtepa tumani “Garmdon” MFY Farovonlik ko‘chasi 53-uyda yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan Ibroximova Madinabonu Oybek qizi shu yil 15-fevral kuni soat 13:00 larda yashash xonadonidan o‘qishga deb chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Uning alohida belgilari: bo‘yi 160-165 sm atrofida, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, quloqlari, burni o‘rtacha kattalikda, lablari o‘rtacha qalinlikda, ruhan sog‘lom. O‘sha kuni egnida qora rangli ayollar paltosi, qora shim, oq rangli oyoq kiyimi bo‘lgan.
Shuningdek, Qo‘shtepa tumani, “Do‘stlik” MFY Iltifot ko‘chasi 38-uyda yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Jiyanboyeva Ruxshona Sherzod qizi 2024-yil 15-fevral kuni soat 15:00 larda yashash xonadonidan chiqib ketib, qaytib kelmagan.
Uning alohida belgilari: bo‘yi 155-160 sm, bug‘doyrang, yuzi dumaloq, quloqlari, burni o‘rtacha kattalikda, lablari o‘rtacha qalinlikda, ruhan sog‘lom. O‘sha kuni egnida sariq rangli ayollar kurtkasi, qizil rangli oyoq kiyimi bo‘lgan.
Yuqoridagi qizlar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lganlar 102 qisqa raqamiga yoki 73-244-36-22 raqamlariga xabar berishi so‘ralgan.
Izoh (0)