“Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyachisi va sardori Kayl Uolker u bilan birga o‘ynagan eng yaxshi jamoadoshi kim degan savolga javob berdi.
“Men 2012/2013-yilgi mavsumdagi Beyldan yuqori saviyadagi futbolchi bilan hech qachon o‘ynamaganman. Men Erling Holand kabi to‘purar futbolchi bilan o‘ynayman, biroq o‘sha mavsumda Beylning har bir zarbasi darvozaga to‘g‘ri borar edi”, — deya Uokerning so‘zlarini keltiradi Football Espana.
Eslatib o‘tamiz, Uolker va Beyl “Tottenhem” safida 2009-yildan 2013-yilgacha birgalikda harakat qilgan.
2012/2013-yilgi mavsumda uelslik futbolchi barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 44 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Ushbu samarali mavsumdan keyin Beyl “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan.
Uolker esa 2017-yil “Manchester Siti” safini to‘ldirgan.
Izoh (0)