Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,90 so‘mga ko‘tarilib, 12 513,01 so‘m bo‘ldi. Yevro 52,09 so‘mga oshib, 13 682,98 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,31 so‘mga ko‘tarilib, 137,99 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan keyin ketma-ket ikki kun pastlab, 12 503,11 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham tushib, yevro ko‘tarilgandi.
Izoh (0)