Namangan tumanida mayning ferma tashkil etgan xonadon aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan tuman bo‘limi tomonidan IIB va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “Elatan” MFY hududidagi xonadonda yashovchi A.Q. o‘z uyida 4 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktiv qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 938,2 million so‘m zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)