Qozog‘iston Amerikaning Apple kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
![](/static/2024/03/11/photo_2024-03-11_08-49-44-0sfM8c_9.jpg)
Vazirlikka ko‘ra, muzokaralar Qozog‘istonda Apple kompaniyasining rasmiy ofisini ochish bilan bog‘liq. Qo‘shni respublikada Apple ofisini ochish masalasi shu yilning 23-yanvarida Olmaotada sodir bo'lgan zilziladan keyin paydo bo‘ldi. O‘shanda iPhone foydalanuvchilari smartfonlariga ogohlantirishlar kelmagan. Agar Apple Qozog‘istonda o‘z vakolatxonasini ochsa, bu Markaziy Osiyoda birinchisi bo‘ladi.
2021-yilda O‘zbekistonda Apple va Netflix vakolatxonalari ochilishi haqidagi maʼlumotlar keng muhokama qilingan edi.
“Dunyodagi top-10 likka kiradigan Samsung kompaniyasining respublikamizda to‘rtta rasmiy ofisi ochildi. Yaqin kunlarda Apple kompaniyasining ham rasmiy ofislari ochilishi rejalashtirilmoqda”, — degan o‘shanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov.
Biroq o‘shandan beri bu haqda hech qanday ma’lumot bo‘lmagan.
Izoh (0)