• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekistonda qashshoqlik darajasi 20 yil ichida 12,5 foizga kamaydi — BMT hisoboti

    O‘zbekistonda so‘nggi yigirma yil ichida sezilarli darajada iqtisodiy o‘sish kuzatildi, qashshoqlik darajasi 2000-yildagi 24 foizdan 2020-yilda 11,5 foizgacha pasayib, 2,2 million kishi qashshoqlikdan xalos bo‘ldi. 

    BMTning Taraqqiyot dasturi 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik indeksi bo‘yicha hisobotini eʼlon qildi. Hisobot tashkilotning rasmiy sahifasiga joylashtirilgan.

    Geosiyosiy taranglik, mehnat migratsiyasi, energetik inqirozlar va ekologik muammolar qashshoqlikdan xalos bo‘lishga qaratilgan sa’y-harakatlarning murakkabligini oshirdi. Hozirda mamlakatda 4 milliondan ortiq aholi kambag‘allikda yashamoqda, hukumat tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

    Foto: Adobe Stock

    Hisobotda keltirilishicha, O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining taxminan 18,4 foizi (4,2 million nafar fuqaro) kambag‘allik chegarasidan past darajada yashamoqda. Hisobotni tuzishda asos qilib olingan 34 ta indikator shunday xulosaga kelishga imkon bergan.

    Kambag‘allik indeksida aholi shart-sharoitining iqtisodiy indikatorlarga muvofiq kelish intensivligi 43,7 foizni tashkil etadi. Yaʼni, o‘rtacha hisoblanganda, katta yoshdagi har bir fuqaro hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning kamida uchdan bir qismida keltirilgan imkoniyatlardan foydalana olmaydi.

    Taraqqiyot dasturining kambag‘allik indeksi, aslini olganda, aholi ijtimoiy-iqtisodiy holatidan tashqari, fuqarolar tomonidan o‘z huquqlari va ular uchun yaratilgan sharoitlardan foydalana olish imkoniyatini ham nazarda tutadi.

    Kambag‘allik indeksini tuzib chiqishda, asosan, taʼlim darajasi (13,7 foiz), oziq-ovqat xavfsizligi (11,7 foiz) va norasmiy bandlik (11,5 foiz) sektori haqidagi maʼlumotlar muhim rol o‘ynagan.

    Aholi segmentlarining kambag‘allik darajasidan pastda deb belgilanishi uchun asos bo‘lgan kam shart-sharoitli sohalar qatorida sanitariya (14,0 foiz), bank hisobi (13,9 foiz), taʼlim darajasi (13,2 foiz), yoqilg‘i (13,0 foiz) tarmoqlari muammoli mavzular sifatida keltirilgan.

    BMT hisobotida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kambag‘al aholi qatlamining eng katta ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (29,9 foiz), Namangan viloyati (27,5 foiz) va Toshkent viloyatida (26,5 foiz) ekanligi qayd etilgan. Aholi daromadlari, ijtimoiy taʼminot olishga imkoniyat, yoqilg‘i resurslari yetishmovchiligi indikatorlariga ko‘ra, ushbu hududlar qolgan viloyatlarga qaraganda bir muncha salbiy natija qayd etgan.

    Chekka va qishloq hududlarida reyting juda past. Yirik shaharlarda kambag‘allik indeksi o‘rtacha, 13,9 foizni tashkil etsa, nisbatan olis hududlarda 23,2 foizni tashkil etishi aytilgan.

    Hisobotda shuningdek, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasi tafovutlariga ham eʼtibor qaratilgan. Erkaklarda indeks 21,6 foizni, ayollar o‘rtasida esa 15,2 foizni tashkil etgan.

    Bundan tashqari O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasida erishgan yutuqlari va istiqbolli rejalari haqida ham aytib o‘tiladi. Unga ko‘ra, mamlakatning so‘nggi 20 yildagi islohotlari tufayli kambag‘allik darajasi 2000-yildagi 24 foizdan 2022-yilda 11,5 foizga pasaygan. Hukumatning astoydil harakatlari tufayli 2020-yilga kelib 2,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan olib chiqilgan.

    Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

    Hisobotda O‘zbekistonning 2026-yilgacha qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish va 2030-yilgacha o‘rtacha aholi daromadi darajasiga erishish bo‘yicha oldiga qo‘ygan maqsadlariga alohida urg‘u berilgan. Hukumat tomonidan 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi va O‘zbekiston-2030 davlat dasturi barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga erishish va investitsiyalarni jalb qilish borasida muhim omil bo‘lgani taʼkidlangan.

    Hisobot O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan 2030-yilgacha mamlakatda qashshoqlikni to‘la bartaraf etish rejasi chuqur asoslarga ega ekanligiga ishonch bildiradi. Mamlakat mo‘tadil rivojlanishni taʼminlamoqda. Bu esa kambag‘allikka qarshi kurashdagi eng katta omil sifatida ko‘riladi.

    Maʼlumot o‘rnida, avvalroq Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Statistika agentligi 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tahlilini eʼlon qilgan edi. Tahlilda kambag‘allik darajasi 2023-yilda oldingi yilga nisbatan 3,1 foizga kamayib, 11 foizda to‘xtagani maʼlum qilingan. Shuningdek, Statistika agentligi tahliliga ko‘ra, yakunlangan yilda kambag‘allik qisqarishi bo‘yicha nisbatan past ko‘rsatkichlar Toshkent, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Tahlilda, shuningdek, o‘tgan yilda 4,1 million aholi mehnatga jalb qilingani, ulardan 2,3 millioni doimiy va mavsumiy ishlarga, 112,8 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yo‘naltirilgani, 1,6 million nafar aholi vakillari esa o‘zini o‘zi band qilgani aytilgan.

    O‘zbekistonda yakunlangan yildagi kambag‘al aholi reytingi bo‘yicha iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri birinchi o‘rinbosari Akmaljon Ortiqov ham maʼlumot bergan edi. Unda O‘zbekiston aholisining 12-15 foizi yoxud 4-5 million aholi kambag‘allik darajasidan past sharoitda yashashi aytilgan.

    07.03.2024, 11:14   Izoh (0)   10551
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston BMTning Atrof-muhit dasturi bilan havo sifati monitoringi va plastik ifloslanish yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi

    12.02.2024, 20:55

    O‘zbekistonda BMT prinsiplari milliy statistika tizimiga joriy etiladi

    06.03.2024, 09:46

    O‘zbekiston Lixtenshteyn bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

    06.03.2024, 14:56

    Kakao narxi oshishi natijasida shokolad qimmatlashdi

    07.03.2024, 10:56

    Senegal prezidenti hukumatni tarqatib yubordi

    07.03.2024, 10:10

    Mask bu yilgi AQSH prezidentligiga nomzodlarning hech biriga xayriya qilmasligini ma’lum qildi

    07.03.2024, 09:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.