Namanganda 200 dan ortiq avtobuslardan 1 oyda atmosferaga 10 tonnaga yaqin zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida maʼlum qilindi.
Xabar berilishicha, Namanganda 2024-yili 30 ta elektrobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu borada shahar hokimligi va Xitoyning elektorbus ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rtasida rasmiy hujjat imzolangan. Dastlabki bosqichda 15 ta elektrobus shaharda harakatlanishni boshlaydi.
Namangan shahri hokimligi bosh mutaxassisi Ulug‘bek Otaxonovning so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning Geely New Energy Commercial Vehicle Group kompaniyasi bilan hamkorlikda 2024-yilning may oyida yangi elektrobuslarni olib kelish rejalashtirilgan. Taʼkidlanishicha, ushbu elektrobuslar bir kunda 100 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Asia Industrial MCHJ tomonidan 1,4 mlrd so‘m davlat imtiyozli krediti hisobiga 20 ta elektrobus olib kelinmoqda.
Izoh (0)