Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan dala hovlilar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqaro X.X. (muqaddam sudlangan) va fuqaro A.B. “Chimgan” hamda “Novobod” MFY hududidagi dala hovlilarini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 529 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)