Gollivud aktyori Kennet Mitchell 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Pravila jizni” aktyor qarindoshlarining Instagram’dagi xabariga tayanib yozmoqda. Aktyor “Kapitan Marvel”, “Yulduzli yo‘l: Diskaveri” filmlari bilan ommaga tanilgan edi.
“Besh yarim yildan buyon Kenni yon amiotrofik skleroz muammosi qiynab kelar edi. U baxtli hayot kechirish uchun jasurlik, qat’iyat bilan kasallikni yengishga harakat qildi. U har bir berilgan kun — eng qadrli sovg‘a, degan tamoyil asosida yashadi”, — deb yozadi aktyorning yaqinlari.
“Kapitan Marvel”da Kennet bosh qahramonning Jozef Denvers ismli otasi rolini o‘ynagan. “Yulduzli yo‘l: Diskaveri”da esa u Kol ismli qo‘mondon obrazini gavdalantirgan. Shuningdek, marhum “Iyerixon” va “Mo‘jiza” filmlarida suratga tushgan. Kennet Mitchell rafiqasi bilan ikki voyaga yetmagan farzandini tarbiyalayotgan edi.
Izoh (0)