O‘zbekiston 2024-yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 4,8 million dollarga teng bo‘lgan choy import qildi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
Import qilingan choyning asosiy qismi Xitoy hisobiga to‘g‘ri keladi — 2 812 tonna. Undan keyingi o‘rinni 134 tonna bilan Eron egallagan.
Shuningdek, mamlakat Hindiston (116 tonna), Keniya (108 tonna) dan ham choy import qilgan, boshqa davlatlar hisobiga esa 253 tonna choy importi to‘g‘ri kelmoqda.
2024-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4,2 milliard dollarga yetgan. Mamlakat tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar qatorida 27,2 foiz bilan Xitoy birinchilikni egallagan. O‘tgan oyda eksport 1,1 milliard dollarga (-47,1 foiz) yetgan bo‘lsa, import 3,1 milliard dollarni (+4,1 foiz) tashkil etgan. Salbiy saldo — 1,9 milliard dollar.
Izoh (0)