Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati me’yordan 3-5 darajaga past bo‘lgan nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, kechalari 0-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 2 darajagacha iliq, kunduz kuni 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Shimolda kechalari 7-12 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
24—25 fevral kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chish xavfi bor.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 24-25 fevralda 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Toshkentda shanba kuni vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)