• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Asakada chiqindidan yiliga 2 mln kilovatt soat elektr ishlab chiqaradigan loyiha ishga tushiriladi

    Shavkat Mirziyoyev ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi ishlar hamda kelgusi rejalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Maʼlumki, 2024-yilning 12-17-fevral kunlari Samarqand shahrida BMTning Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi (COP-14) bo‘lib o‘tdi. Unda 130 dan ortiq davlatdan 2 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashdi.

    Tadbir yakunlari bo‘yicha Konvensiyaga aʼzo davlatlar tomonidan ijroga qaratilishi uchun 2024-2032-yillarga mo‘ljallangan Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari bo‘yicha Samarqand strategik rejasi tasdiqlandi. Ekologik bog‘liqlik bo‘yicha global hamkorlik (GPEC) tashabbusi ishga tushirildi.

    O‘zbekiston BMT konvensiyasiga 2024-2026-yillar uchun prezident sifatida saylandi. Toshkent shahrida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning Markaziy Osiyodagi ilk vakolatxonasi ochildi. Shuningdek, BMT Atrof-muhit dasturining O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Jahon banki bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda 6 ta transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirishga kelishildi. Markaziy Osiyo davlatlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi.

    Davlat rahbari bu sohadagi hamkorlikni davom ettirib, O‘zbekistonning harakatlar rejasini va yangi grant loyihalar ishlab chiqish, xalqaro ekologiya tashkilotlari va konvensiya bosh qarorgohida soha xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    Taqdimotda “O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi haqida ham axborot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokidagi ushbu loyihaning umumiy qiymati 205 million dollardan ziyod bo‘lib, 6 yil davomida amalga oshiriladi. Bu mablag‘ o‘rmonlar hududini kengaytirish, o‘rmon xo‘jaliklari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, barqaror boshqaruvni joriy etish, ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish kabi maqsadlarga yo‘naltiriladi.

    Xususan, o‘rmonlarni tiklash va muhofaza qilishda innovatsion boshqaruv tizimi hamda axborot texnologiyalar joriy qilinadi. Degradatsiyaga uchragan o‘rmon yerlari tiklanadi. Chegaradosh hududlardagi landshaftni tiklash bo‘yicha qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik rivojlantiriladi.

    Bularning natijasida, jumladan, 175 ming gektar o‘rmonlar va 38 ming gektar yaylovlarni qayta tiklash, 19 ming gektarda agroo‘rmon va 5 ming gektarda sanoatbop o‘rmonlar barpo etish, 63 kilometr ekoyo‘laklar tashkil qilish ko‘zda tutilgan.

    Joriy yil 4-yanvarda prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Taqdimotda mazkur farmon ijrosi doirasida qilinayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.

    Mamlakatda yiliga o‘rtacha 6,8 million tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. So‘nggi yillarda sanitar tozalash xizmati bilan qamrab olingan mahallalar soni 90 foizdan oshdi. Lekin chiqindilarni qayta ishlash darajasi yuqori emas. Hozirda bunday korxonalar 313 ta xolos.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident farmonida bunday faoliyatni yanada rag‘batlantirish choralari belgilangan. Jumladan, 2024-yil 1-iyundan boshlab maishiy chiqindilar tarkibidagi ikkilamchi xomashyoni realizatsiya qilish faqat birja orqali amalga oshiriladi. Chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga ajratgan holda yig‘ish tashkil etiladi. Chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash sohasida xususiy sheriklik rivojlantiriladi.

    Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlaganlik uchun jarima miqdorini oshirish, chiqindi tashlab ketilgan joyni tozalash va olib chiqib ketish majburiyatini belgilash choralari kuchaytirilmoqda.

    Shuningdek, taqdimotda maishiy chiqindi poligonlarini optimizatsiya qilish, chiqindilardan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

    Xususan, chiqindi poligonlarini investitsiyalar kiritishga jozibador qilish uchun ularning bufer hududlariga maxsus iqtisodiy zonalar rejimini joriy etish, chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi hamda organik usulda o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu yangi tizim bo‘yicha birinchi pilot loyiha Andijon viloyatida amalga oshiriladi.

    Jumladan, Andijon tumanida 13 million dollar investitsiya evaziga organik chiqindidan 100 ming tonna o‘g‘it, Asakada chiqindidan yiliga 2 million kilovatt soat elektr ishlab chiqaradigan loyihalar ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Kelgusida ushbu Andijon tajribasi yurtimizning boshqa hududlarida ham tatbiq etiladi.

    19.02.2024, 22:48   Izoh (0)   4646
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ekologiya vazirligi Toshkent havosi ifloslanishiga taʼsir etayotgan omillarni ma’lum qildi

    12.01.2024, 13:43

    Ekologiya vazirligi Toshkent yaqinidagi issiqxonalarda monitoring o‘tkazmoqda

    26.01.2024, 09:37

    Ekologiya vazirligi qum-shag‘al qazib olishga ruxsatnoma berilayotgani haqidagi tanqidlarga munosabat bildirdi

    28.01.2024, 09:05

    O‘zbekistonda jinoyatlar soni yildan yilga kamaymoqda 

    19.02.2024, 22:45

    “Daryo” dayjesti: 19-fevralning eng muhim xabarlari

    19.02.2024, 22:15

    Yoshlarning xalqaro IT sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

    19.02.2024, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.