Qozog‘istonda noqulay ob-havo tufayli 10 ta viloyatdagi 18 ta trassa yopildi. Bu haqda Orda.kz xabar berdi.
“KazAvtoJol” xabariga ko‘ra, hozirda respublika bo‘ylab yo‘llarda 274 kishi va 181 texnika ishlamoqda. Abay viloyatida qor va bo‘ron tufayli Omsk-Maykapshagay yo‘li yopilgan. Oqmo‘la viloyatida sovuq tufayli dizel yonilg‘isi bilan ishlaydigan avtomobillar uchun birdaniga ikkita yo‘l yopilgan: Yekaterinburg – Olmaota va Ostona – Kabanbay Botir – Nura – Temirtau.
Olmaota viloyatida qor va ayoz tufayli Olma-Tau sayyohlik markazi (yuk va jamoat transporti uchun) va Olmaota – Toshkent – Termiz yo‘nalishiga chiqish yopilgan. Jambil viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘li bo‘ylab transportning harakatlanishi taqiqlangan.
Jetisu viloyatida Usharal-Do‘stlik yo‘li yopilgan. Qarag‘anda viloyatida sovuq tufayli umumiy uzunligi 1251 kilometr bo‘lgan beshta avtomobil yo‘li to‘sib qo‘yilgan. Cheklovlar faqat dizel dvigatelli transport vositalariga tegishli.
Shuningdek, Sharqiy Qozog‘iston, Pavlodar, Ko‘stanay, Ulitau viloyatlaridagi yo‘llarda ham mashinalar harakatlanishiga cheklov kiritilgan.
Izoh (0)