“Atletiko Madrid” hujumchisi Antuan Grizmann 2019-yilda klubni tark etgan paytdagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. O‘shanda fransiyalik futbolchi “Barselona”ga 120 million yevro evaziga o‘tgan edi.
“Men ‘Atletiko Madrid’ni tark etishga qaror qilgan paytim ruhiy holatim juda yomon edi. O‘zim yomon o‘ynaganimda ham boshqalarni aybdor hisoblab, turli bahonalar o‘ylab topardim.
Yangi klubga o‘tgach, men Madridda, ‘Atletiko’da juda baxtli bo‘lganimni angladim va har doim qaytishga harakat qilardim. Simeonega qaytishni xohlayotganimni aytdim va singlimga ham meni qaytarish uchun bor imkoniyatini ishga solishi kerakligini tayinladim, chunki men yangi klubga o‘tib o‘zimga zarar keltirayotganimni bilardim”, — deydi Grizmann Atletico Universe’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Antuan 2019-yilda “Barselona”ga o‘tgan, 2021-yilda esa “Atletiko Madrid”ga qaytgan.
U “matraschilar” safida 376 ta o‘yinda qatnashib, 175 ta gol urib, 83 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Izoh (0)