Tojikiston termasi bosh murabbiyi Petar Shegrt shartnomasi o‘z yakuniga yetgani bois jamoani tark etdi.
Tojikiston futbol federatsiyasi Shegrtga ikki yillik hamkorlik uchun minnatdorchiligini bildirdi va keyingi faoliyatida omad tiladi.
Petar Shegrt boshchiligida Tojikiston terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finaliga qadar yetib bordi.
Shegrt qo‘l ostida terma jamoasi 24 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta g‘alaba, 7 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Avvalroq, Janubiy Koreya Yurgen Klinsmann bilan hamkorlikni tugatgani xabar qilingandi.
Izoh (0)