Samarqandda 443,3 mln so‘mlik gazdan o‘g‘rilik yo‘li bilan foydalanib kelgan issiqxona aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Samarqand viloyatidagi “S.I.” oilaviy korxonasi rahbari S.R. Past Darg‘om tumanining “Kamolot” mahallasi hududida joylashgan issiqxonada tijorat maqsadida, noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ravishda 443,3 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Izoh (0)