• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, paxta hosildorligini 50 sentnerga, g‘allada 100 sentnerga yetkazish reja qilinmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 12-fevral kuni qishloq xo‘jaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

    Dehqonlarni yangi agrotexnologiyalarga o‘qitib, hosildorlikni paxtada 50 sentner, g‘allada 100 sentnerga yetkazish reja qilinmoqda.

    Bu borada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va eng zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash ustuvor vazifa. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’tibor qaratilgan ayni shu masalalar yuzasidan “O‘zAgrolizing” boshqaruv raisi Nodir Otajonov o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi:

    Mana 24 yildirki “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston lizing bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab, yurtimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

    Fermer xo‘jaliklari va hamda qishloq xo‘jaligi sohasining boshqa vakillariga eng zamonaviy texnikalarni yetkazib berish oldimizda turgan ustuvor vazifadir. Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ayni shu masalalarga e’tibor qaratildi.

    Yurtboshimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida safarbar qilinmagan yangi zaxiralarni ishga solish, xarajatlarni pasaytirib, shu orqali dehqonlar daromadini ko‘paytirish, yerlarimiz unumdorligi, hosildorlikni oshirish bo‘yicha barcha sohalarda aniq vazifalar belgilab berildi. Mexanizatsiya, operatorlarni o‘qitish masalalariga e’tibor qaratildi.

    “O‘zAgrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga joriy yil qishloq xo‘jaligiga 10 mingdan ortiq zamonaviy energiya tejamkor qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish vazifasi yuklatildi. Hozirga qadar hududlar kesimida bu texnikalarning egalarini aniqlashtirib, hisob-kitob qilib oldik.

    Yig’ilishda jamiyatimiz zimmasiga qator vazifalarni yuklash bilan birga oldin mavjud bo‘lmagan yangi moliyaviy manbalar ajratilishi belgilandi.

    Hususan, 100 mln dollar miqdorida 10 yilga kredit ajratilyapti, bir yillik imtiyozli davri ham bor. Undan tashqari Jahon bankidan 40 mln. dollar, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik tashkilotidan ham 40 mln. dollar mablag‘ jalb qilinyapti, bu mablag’lar 10 yilga beriladi va uch yillik imtiyozli davri ham bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, bu ajratilayotgan mablag‘lar navbat bilan ishlatiladi. Mazkur mablag‘lar o‘zlashtirilgandan so‘ng keyingi kredit liniyalarini ochishga imkoniyat yaratiladi. Bu degani, 10 ming dona texnika bilan cheklanmaymiz, talab bo‘lsa, bundan ham ko‘pini yetkazib beramiz.

    Texnikalarni lizingga olish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 3 kundan oshmaydi. Murojaat qiluvchilar egaligidagi yer maydoni, oladigan hosili, daromadi va bankdagi aylanma mablag’lari  haqida ma’lumotlarni hamda biznes-rejalarini topshirishadi. Hujjatlar tezkorlik bilan ko‘rib chiqilib, texnikalar qisqa muddatda yetkazib beriladi. Og‘ir texnikalarga 10-yilgacha, kichikroq texnikalarga esa 3-5-yilgacha lizing qilib beriladi.

    2024-yilda “O‘zagrolizing” AJ birinchi navbatda xorijiy moliya bozoridan uzoq muddatli, past foizli mablag‘larni jalb qilish hisobiga dehqon, fermerlarga uzoq muddatli, nisbatan arzon narxlarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berishni asosiy vazifa sifatida o‘z oldiga maqsad qilgan. O‘tgan yilgiga nisbatan yetkazib berish hajmi 5 barobarga o‘sishi kutilyapti.

    Oldin ichki manbalardan mablag‘ jalb qilishda muammolar bo‘lardi. So‘nggi uch yilda kompaniya moliya tizimi xalqaro standartlarga moslashtirilib, tashqi manbalardan ham mablag‘ ola boshladik. Xorijdan ekspertlar jalb qilindi. Jahon banki hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik tashkilotining ekspertlari tekshiruvida faoliyatimiz tahlili ijobiy baholandi. Ularning xulosasi natijasida yangi kredit liniyalarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldik, bu esa bizning imkoniyatlarimizni oshirdi.

    Respublikamizning barcha hududlarida hududiy filiallari bor, bog‘lanish uchun telefon raqamlar ishlab turibdi. Shuningdek, dehqon hamda fermerlar savollar bilan birga o‘z takliflarini berishlari ham mumkin. Xodimlarimiz texnikalarning afzalliklarini tushuntirgan holda mijozlarga barcha zarur tavsiyalarni berishadi.

     

    14.02.2024, 19:30   Izoh (0)   5661
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda O‘zbekistondagi noyob ko‘chmanchi hayvonlar ko‘rgazmasi ochildi (foto)

    14.02.2024, 19:10

    O‘zbekistonning uch viloyatida gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    14.02.2024, 18:55

    Varshavada O‘zbekiston—Polsha parlamentlararo muzokaralari bo‘lib o‘tdi

    14.02.2024, 18:50

    Sirdaryoda gazdan noqonuniy foydalanganlar davlatga 630 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 

    14.02.2024, 18:50

    “Hech qanday buzilish ishlari olib borilmayapti”. Yakkasaroy hokimligi Shota Rustavelidagi qadimiy bino buzilayotgani haqidagi xabarga izoh berdi

    14.02.2024, 18:35

    Qashqadaryoda ota uch farzandi uchun aliment evaziga Toshkentdan uy sovg‘a qildi

    14.02.2024, 18:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.