• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Turmush o‘rtog‘im bilan birgadek tuyulamiz, aslida unday emas”. Yulduz Usmonova mehrga muhtojligi, o‘limni his etishi va Saida Mirziyoyevani yaxshi ko‘rishi haqida

    O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida ko‘pchilik muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

    Foto: “Daryo”


    — Bir kuni bir ojiz banda sifatida tark etasiz dunyoni va uni qanday tark etishni niyat qilasiz?

    — Har kuni miyamdan o‘tadigan xayol. Kecha ham uyimda opalarimga shu haqda gapirdim. “O‘lim haq deymiz-u, lekin uni nechog‘lik tasavvur eta olamiz? Tasavvur qilish qiyin, chunki uyoqqa hech kim borib ko‘rmagan. Men tasavvur qilish uyoqda tursin, his qilaman. O‘lganimdan keyin tobutga solib, ko‘targanlarini tasavvur qilaman. Undan uyog‘ini tasavvur qila olmayman. O‘limdan avval juda qattiq qo‘rqardim. Allohdan hozirda bir narsani juda ko‘p so‘rayman. “Men sening dargohingga seni rozi qilib boray”, deyman. “Qiynamay, jonimni ol”, deyman.

    — Kimdan kechirim so‘ragan bo‘lardingiz?

    — Men birovga tajovuz qilmadim, kechirim so‘raydigan. Lekin men Allohdan har kuni so‘raganim, “Alloh men hammadan roziman, mening haqimni yeganlar ko‘p bo‘ldi, ulardan roziman. Sen menda rozi bo‘l”, deyman. Men birovning erini olib ketmadim. Birovning og‘zidagi nonni, cho‘ntagidagi pulini olmadim. O‘z vaqtida birovni eri meni yaxshi ko‘rgan bo‘lishi mumkin, men yaxshi ko‘rmaganman. Qanchalik sho‘x bo‘lsam ham, ammo Allohni tanib o‘tdim. Yashashim kerak bo‘lgan taqdirni yashadim.

    — Hozir cho‘qqidasiz. Yerga qarab, nimalarni o‘ylaysiz?

    — Cho‘qqi qo‘rqitadi ozgina. Kim edim-u, kim bo‘ldim. Allohga shukur, Marg‘ilonda bir burni oqib yurgan qiz edim. Shu yerlarga keldim. Ishqilib, chiroyli kun botsin, deyman. O‘zing berding, o‘zing olma, peshonamdan deyman. Alloh xor qilmasin.

    — Bir kuni Alloh yo‘lida qo‘shiq aytishdan voz kechishingiz mumkinmi?

    — Yo‘q Xudo xohlasa. Lekin tarki dunyo qilib qolishim mumkin. Turmush o‘rtog‘imga ko‘p aytaman, kimsasiz joylarga ketaylik ikkalamiz. O‘tirib hayot haqida tafakkur qilaylik deyman.

    — Hamma narsasi bor Yulduz bugun nimaga muhtoj?

    — Yulduz mehrga muhtoj. Er-xotin bitta ishni qilamiz. Birgadek ko‘rinamiz, lekin birga emasmiz. Ba’zan kechki payt, “Kiring, ko‘rishaylik”, deb qolamiz bir-birimizga. Ikkalamiz ikki xil vaqtda uyga kelganimiz uchun yotoqxonalarimiz ham boshqa-boshqa. Ko‘rishmagan paytlarimiz ham bo‘ladi.
    Hamma meni boy deb o‘ylaydi, lekin men uyimga kelgan narsani tarqatmay qo‘ymayman. Hamma narsani joy-joyiga qo‘yib, bo‘lib tashlaganman. Mendan keyin bo‘lishadigan narsa yo‘q uyimda. Taqqan soatlarimgacha bo‘lib qo‘yganman. Usti-boshlarimgacha tarqataman. Uyimda hech qanaqa ortiqcha narsa yo‘q. Chunki men bilaman, u dunyoga borganimda o‘sha narsalar mening bo‘ynimdan bo‘g‘adi.

    — Kimni tan olasiz?

    — Yaxshi ko‘rib tan oladiganim, shogird qizim desam ham bo‘ladi. U xuddi Yulduz. O‘shaning uchun xotirjam tashlab ketdim tepani. Saida juda haqiqatparvar. Yuzingda ko‘zing bormi, demaydi. Qarab tursangiz, xarakterlari menga o‘xshaydi. Yaqinda bitta joyda o‘tirgandik, uni ko‘rib faxrlanib ketdim. “Opang o‘rgilsin”, devordim. Bittasi kelib, “Endi biz qarindoshmiz”, siz bilan degandi. Saida, “Sizlar nimaga qizlaringni ikki marta uylanib xotin qila olmagan odamga beryapsizlar, agar u prezidentni qarindoshi bo‘lmaganida bermasdilaring. Qizlaringning baxtli bo‘lishiga ishonasizlarmi? Beryapsizlar, lekin buning bizga umuman aloqasi yo‘q”, dedi. Shu gapini eshitib, judayam yaxshi ko‘rib ketdim. Xushyor tortib, mulohaza qilib o‘tiradi. Shuning uchun men tepani unga ishonib tashlab ketdim. Bilasiz, bo‘lmasa u joy mendan ortmasdi. U haqiqat uchun kurashib o‘sha yerda o‘tiribdi.

    Yulduz Usmonovaning yangi konsertiga tayyorgarlik jarayoni bilan quyidagi reportaj orqali tanishishingiz mumkin:



    13.02.2024, 11:04   Izoh (0)   158892
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Avval Ozoda bilan yurib keyin Yulduzning oldiga borvoldi, deyishadi”. Halima Ibragimova doim Yulduz Usmonovaning yonida yurishi sababi haqida (video)

    19.12.2023, 14:48

    “U yoqda 2-3 ming dollar topadi, bizda esa oylik 3 million so‘m”. Yulduz Usmonova yaxshi san’atkorlarning chet elga ketib qolayotgani haqida gapirdi (video)

    11.01.2024, 10:41

    Yulduz Usmonova qayg‘uli o‘tmishi, “narkoman” artistlar va 15 ming yevroga to‘yga borgan paytlari haqida gapirdi

    02.02.2024, 18:02

    Hamdam Sobirov 350 ming dollarlik mashina oldi, Ulug‘bek Shodmonov Farhod Mannopovning onasini umraga olib bordi. Instagram’da nima gap?

    13.02.2024, 09:30

    Hilol Nasimov 61 yoshni qarshiladi. Rejissor nima uchun filmlaridagi bosh qahramon rolini faqat o‘g‘liga beradi?

    12.02.2024, 10:50

    Shohruxxonning yangi konsert dasturidan maxsus reportaj (foto, video)

    11.02.2024, 17:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.