Samarqand viloyatida ota farzandining alimenti uchun 334 mln so‘m pul va mashina sovg‘a qildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Unda aytilishicha, fuqarolik ishlari Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2023-yil 6-oktyabrdagi qaroriga asosan qarzdor O‘.Q.dan undiruvchi M.SH.ning foydasiga bir nafar farzandining taʼminoti uchun to‘rtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga byuroning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor O‘.Q.ga qarzdorlikni o‘z vaqtida bartaraf etmaslik oqibatlari bo‘yicha tushuntirish berilgandan so‘ng aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzdorligini hamda farzandining voyaga yetgunga qadar, yaʼni 18 yoshgacha bo‘lgan davri uchun undiruvchi SH.M.ga tilxat asosida 334 million so‘m pul va Nexia-2 rusumli avtomashinasini sovg‘a qildi.
Izoh (0)