O‘zbekistonda moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga 2 trillion so‘m aliment pullari undirildi, deb xabar bermoqda MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatov.
Qayd etilishicha, 2023-yilda MIB organlari tomonidan jami 40,2 trillion so‘m, shu jumladan, davlat foydasiga 17 trillion so‘m mablag‘lar undirilgan. Amalda umumiy undiruv ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,4 trillion so‘mga (35 foiz) o‘sdi.
Byuroning axborot texnologiyalari yordamida masofaviy ishlaydigan 15 ta tumanlararo bo‘limlari tomonidan majburiy ijro harakatlari o‘tkazilmasdan va fuqarolarning mol-mulklariga daxl qilmagan holda, 766,4 milliard so‘mlik 2 millionta hujjatning ijrosi ta’minlandi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan — “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan bog‘liq jamg‘armalariga 936,4 milliard so‘m yoki o‘tgan mos davrga nisbatan 357,8 milliard so‘m (62 foiz) ko‘p mablag‘ yo‘naltirildi. Moddiy yordamga muhtoj farzandlar foydasiga jami 2 trillion so‘m aliment pullari undirilib, bu ko‘rsatgich ham oldingi davrga nisbatan 664,6 milliard (49 foiz) so‘mga oshganini ko‘rsatmoqda.
Izoh (0)