Eron Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlash ishini boshladi. Bu haqda Sputnik Afg‘oniston xabar berdi.
Quruqlikdagi kuchlar qo‘mondoni brigada generali Kiyumars Haydariyga ko‘ra, Razaviy Xuroson viloyatidagi chegaraning 74 kilometr uzunlikdagi shimoliy qismida muhandislik va texnik ishlar olib borilmoqda. Tegishli loyiha 4 bosqichni o‘z ichiga oladi: birinchi navbatda, to‘siqlar o‘rnatish, keyin infratuzilma va yo‘llarni qurish.
Haydariyning qayd etishicha, chegaralarni harbiy qismlar bilan yopish tahdid mavjudligini anglatmaydi, balki razvedka va jangovar shaylik uchun zarur: chegarada Eron xavfsizligiga tahdid solmaydigan mayda tushunmovchiliklar kuzatilib turadi.
Eron ichki ishlar vaziri Ahmad Vohidiy aytishicha, Pokiston singari, Eronning Afg‘oniston bilan chegarasi ham noqonuniy kirish uchun foydalaniladigan himoyalanmagan hududlar bilan to‘la. Bunday hududlarga ustuvor ahamiyat beriladi va gap shunchaki panjara emas, balki himoya inshootlari majmuasini qurish haqida bormoqda.
Izoh (0)