Toshkentda harakat vaqtida avariya holatini yuzaga keltirgan haydovchiga chora ko‘rildi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda 31-yanvar kuni Toshkentdagi 2-sonli avtobus saroyi filiali tasarrufidagi 80-sonli yo‘nalishda qatnovchi avtobus yo‘lda boshqa transportlarga xalaqit qilib, avariya holatini yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi.
Qayd etilishicha, 2-sonli avtobus saroyi filiali rahbariyati va tezkor shtab aʼzolari haydovchi bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Harakat qoidalari va ichki tartibni buzgani hamda yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun korxona tomonidan haydovchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bunday holatlarning oldini olish uchun 80-yo‘nalishdagi barcha haydovchilar qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Kuni kecha Toshkentda yo‘lovchilar avtobusga chiqmasidan avval eshiklarni yopib yuborgan haydovchi ishdan bo‘shatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)