Toshkent shahrida avtobuslardan birining sanitar holati talab darajasida emasligi aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holatga izoh berdi.
Unga ko‘ra, 24-yanvar kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 80-sonli avtobusning sanitar holati talab darajasida emasligi haqida xabar joylashtirildi. Ushbu holat 2-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi saroy raqami 407-bo‘lgan MAN rusumli Janubiy vokzal—M.Yusuf ko‘chasi avtobus yo‘nalishida kuzatilgan.
Shu munosabat bilan 24-yanvar kuni 2-avtobus saroyi filiali navbatchi mexaniklari Sh.B., I.I. va Sh.B.lar o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qarab, sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan avtobusni yo‘nalishga chiqargani uchun ushbu navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.
Ushbu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida 80-sonli avtobus 2-avtobus saroyi filialiga qaytganidan so‘ng masʼul xodimlar tomonidan tozalanib, sanitar holati tartibga keltirilgan.
Shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.
Izoh (0)