Kattaligi futbol stadionidek bo‘lgan xavfli asteroid Yerga yaqinlashmoqda. Olimlar mazkur asteroid bu hafta sayyoramiz yonidan uchib o‘tishini ma’lum qildi.
2008 OS7 deb nomlangan kosmik toshning diametri taxminan 270 metrni tashkil qiladi. Asteroid 2-fevral kuni Yerdan taxminan 2,8 million kilometr masofada uchib o‘tadi. NASA Yer bilan to‘qnashuv xavfi yo‘qligini ma’lum qildi.
![](/static/2024/02/02/asteroid856-SiThx_bD.jpeg)
“Ko‘p tashvishlanishga hojat yo‘q, chunki bu asteroid Yer atmosferasiga kirmaydi, garchi u juda yaqin masofadan o‘tib ketsa ham”, — deyiladi NASA xabarida.
Uorvik universitetining Fizika kafedrasi tadqiqotchisi Minje Kimning ta’kidlashicha, 2008 OS7 asteroidi potensial xavfli deb tasniflanadi. Quyosh sistemasida millionlab asteroidlar mavjud bo‘lib, ulardan 2350 ga yaqini ushbu toifaga kiradi.
Potensial xavfli asteroidning Yerga navbatdagi muhim yaqinlashuvi 2029-yil 14-aprelda sodir bo‘lishi kutilmoqda. O‘shanda Apophis 99942 nomli asteroid Yerdan yaqin masofada uchib o‘tadi.