Nemis harbiylari Norvegiya bilan birgalikda dengiz kuchlari uchun gipertovushli raketalarni ishlab chiqmoqchi va ularni 2035-yilda foydalanishga topshirmoqchi. Bu haqda Der Spiegel jurnali o‘ziga kelgan maxfiy hujjatlarga tayanib xabar berdi.
“Bundesver Norvegiya bilan birgalikda dengiz floti uchun gipertovushli raketalarni ishlab chiqmoqchi”, — deyiladi nashr xabarida.
“Loyiha haqidagi maxfiy hujjatlarga ko‘ra, Germaniya va Norvegiya 2035-yildan boshlab nemis fregatlarini qurollantirishga qodir bo‘lgan uzoq masofaga uchuvchi gipertovushli boshqariladigan raketani ishlab chiqmoqchi”, — deyiladi jurnalda.
Bu maqsadlar uchun Bundestagning Byudjet qo‘mitasidan 652 million yevro so‘ralgan. O‘z navbatida, Norvegiya ushbu hamkorlik uchun asos sifatida o‘zining Tyrfing bazasidan uchiriladigan gipertovushli raketa loyihasini, asosiy pudratchi sifatida esa Kongsberg Defence&Aerospace kompaniyasini tanladi.
Izoh (0)